Maktabda maxsus pedagog lavozimi uchun qoʻyiladigan malaka tavsiflari

Maktabda maxsus pedagog lavozimi uchun qoʻyiladigan malaka tavsiflari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 13-yanvardagi 9-son buyrug‘i bilan Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari tasdiqlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Umumiy oʻrta taʼlim maktabi maxsus pedagog lavozimi uchun qoʻyiladigan malaka tavsiflari:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlumot: Oliy, bakalavr diplomiga ega boʻlishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi).⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mutaxassislik: Kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumotli defektologiya, logopediya, surdopedagogika, tiflopedagogika yoki oligofrenopedagogika yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan yoki defektologiya (sohalar boʻyicha) yoʻnalishida tegishli qayta tayyorlashdan oʻtgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mehnat staji: Mehnat staji talab etilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), sunʼiy intellekt, zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qoʻshimcha talablar:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi);⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– amaldagi umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– maxsus va yosh davrlar pedagogikasi hamda psixologiyasini;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– defektologiyaning anatomik-fiziologik va klinik asoslarini;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– oʻquvchilarning rivojlanishidagi muammolarini oldini olish va korreksion metodlari hamda usullarini, ular bilan ishlashda qoʻllaniladigan dasturiy-metodik adabiyotlarni;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– nutqida ogʻir nuqsoni boʻlgan, kar-soqov, aqliy rivojlanishida muammolari boʻlgan oʻquvchilar bilan ishlash koʻnikmasiga;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun pedagogik- psixologik individual qoʻllab-quvvatlash rejasini bajarilishi, fan dasturlarini oʻzlashtirishi, rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, ularga turli koʻrinishdagi psixologik yordam berish kabi koʻnikmalarga ega boʻlishi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlariga oid milliy va xalqaro hujjatlardan xabardor boʻlish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– davriy ravishda malaka oshirish kurslaridan oʻtgan boʻlish (oliy taʼlimni tamomlaganiga bir yildan oshmagan bitiruvchilar bundan mustasno);⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– bolalarga nisbatan mehribon, sabr-toqatli va masʼuliyatli boʻlish, yuqori darajadagi empatiyaga ega boʻlishi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– yuqori darajadagi pedagogik odob va muloqot madaniyatiga ega boʻlish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– stressga chidamli, muammoli vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qila olishi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– jamoada ishlash va ota-onalar bilan samarali hamkorlik qila olishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar taʼlim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠