Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining olingan malaka toifalarining fanlar kesimida tatbiq etish bo’yicha ko’rsatma xati e’lon qilindi.
Unda umumtaʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning olgan malaka toifalari fanlar kesimida tatbiq etilishi boʻyicha hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning olgan malaka toifalari tatbiq etilishi boʻyicha ma’lumotlar keltirilgan.
Shuningdek, hujjatga ko’ra, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanidan dars beradigan “Tarix”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq” mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga “Tarbiya” fanidan malaka toifasi boʻlmagan hollarda amaldagi malaka toifasiga tatbiq etiladi.
Bunda, “Tarbiya” fanidan dars oʻtish huquqiga ega boʻlgan oʻqituvchilarda bir vaqtning oʻzida “Tarbiya” hamda tegishli fanlardan malaka toifalari boʻlsa, bunda “Tarbiya” fanidan dars berganda faqatgina ushbu fan boʻyicha malaka toifasi tatbiq etiladi.



