Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Aydamir Abdihakimov xalqaro ta’lim mezonlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Xususan, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 8.0 ball natijani qayd etgan hamda akademik salohiyatni aniqlovchi SAT imtihonlaridan 1540 ballik natijaga ega.
Aydamir Abdihakimov SAT imtihon qismlaridan mos ravishda quyidagicha natija ko‘rsatgan:
— Reading and Writing — 760;
— Math — 780.
IELTS imtihonidan esa:
— Listening 9.0;
— Reading 9.0;
— Writing 6,5;
— Speaking 6.5.
Shuningdek, u Multilevel imtihonida 66 ballni to‘plagan.
Avvalroq, Navoiy viloyati Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-IATIDUMning 11-sinf o‘quvchisi Sevara Abdurashidova xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarga erishganligi haqida xabar bergan edik.
