Qaysi talabalar magistraturaga kirishda xorijiy til sertifikatisiz hujjat topshirishi mumkin?

Qaysi talabalar magistraturaga kirishda xorijiy til sertifikatisiz hujjat topshirishi mumkin?

Amaldagi tartibga muvofiq, ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘yicha I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar magistraturaga qabul qilinishda xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat taqdim etishlari shart emas.

 

Ko‘zi ojiz abituriyentlar toifasiga kimlar kiradi?

 

Ko‘zi bo‘yicha I guruh nogironligi to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma’lumotnomaga ega bo‘lgan shaxslar;

 

Ko‘zi bo‘yicha II guruh nogironligi bo‘lgan va:

 

— ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan maxsus maktab-internatni (11-sinf negizida) tamomlab, yetuklik attestatini olganlar;

 

—  imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan boshlang‘ich kasbiy ta’lim tashkilotlari (kasb-hunar kollejlari) tomonidan berilgan diplomga ega bo‘lganlar;

 

—  9 yillik ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatida tahsil olib, o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki boshlang‘ich kasbiy ta’lim diplomi olganlar.

 

Agar ko‘zi ojiz abituriyentlarning bakalavriat diplomi bo‘yicha o‘rtacha ballari:

 

— 100 ballik tizimda — 71 balldan yuqori, yoki

 

— 5 ballik tizimda — “4” va undan yuqori bo‘lsa, ular qo‘shimcha davlat granti asosida magistraturaga o‘qishga qabul qilinadi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish