Maktabda bulling va stressga yechim bormi? Psixologlar uchun eng yaxshi qo‘llanmalar aniqlandi

Maktabda bulling va stressga yechim bormi? Psixologlar uchun eng yaxshi qo‘llanmalar aniqlandi

10-dekabr kuni Toshkentda “Ta’lim ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi uslubiy qo‘llanma” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

 

Tanlovga kelib tushgan 100 ga yaqin ishlanma orasidan amaliyot uchun eng foydalilari saralab olindi.

 

Tadbir Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Xalqaro Nordik universiteti universitetida tashkil etildi.

 

Vazirlik pozitsiyasi: Maqsad — muammoni yechish emas, uning oldini olish

 

Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyevning ta’kidlashicha, bugungi kunda psixologik xizmat shunchaki muammolar bilan ishlash emas.

 

‘‘Bizning asosiy maqsadimiz – nafaqat bilimli, balki ruhiy jihatdan sog‘lom, o‘ziga ishongan va jamiyatga moslashuvchan avlodni tarbiyalashdir. Bu qo‘llanmalar maktablarda ijobiy muhit yaratishda psixologlar uchun muhim ‘‘dasturilamal’’ bo‘lib xizmat qiladi’’, – dedi vazir o‘rinbosari.

 

‘‘Bu davlat siyosatining muhim qismi’’

 

Tadbirda Ta’limni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shahzodbek Kurbaniyazov ham so‘zga chiqib, ushbu tanlovning strategik ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

 

‘‘O‘zbekistonda ta’lim ishtirokchilarini – o‘quvchilarni, talabalarni, o‘qituvchilarni va ota-onalarni psixologik qo‘llab-quvvatlash masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangan.

 

Tanlovga 100 ga yaqin ishlanma kelib tushgani sohada bu masalaning qanchalik dolzarb ekanini ko‘rsatadi.

 

Ishonchim komilki, sizlarning mehnatingiz yosh avlodning ruhiy salomatligini mustahkamlashga hissa qo‘shadi’’, – dedi Shahzodbek Kurbaniyazov.

 

100 ta loyihadan saralangan ‘‘beshlik’’

 

Tanlovga kelib tushgan metodik ishlanmalar orasidan eng yaxshilari quyidagi 5 ta dolzarb yo‘nalish bo‘yicha g‘olib deb topildi:

 

Psixologik farovonlik va emotsional qo‘llab-quvvatlash;

 

Bolalar va oila psixologiyasi;

 

Pedagog-psixologlar amaliyoti;

 

Inklyuziv ta’lim;

 

Innovatsion metodlar.

 

Maktabda bulling va stressga yechim bormi? Psixologlar uchun eng yaxshi qo‘llanmalar aniqlandi

 

Raqamlar so‘zlaganda: 14 ming mutaxassis malakasi oshirildi

 

Tadbirda soha rivoji bo‘yicha qilingan ishlar hisoboti ham berildi. Xususan, kaskad usulida tashkil etilgan treninglar orqali katta qamrovga erishilgan:

 

Sentabr oyida 11 000 nafar maktab psixologining malakasi oshirildi;

 

Dekabr oyida esa 3 200 nafar bog‘cha psixologlari uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

 

Maktabda bulling va stressga yechim bormi? Psixologlar uchun eng yaxshi qo‘llanmalar aniqlandi

 

Endi barchasi bepul va onlayn

 

Psixologlar, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun muhim yangilik: Tanlov doirasida va markaz tomonidan ishlab chiqilgan 30 dan ortiq o‘quv-metodik majmualar to‘liq raqamlashtirildi. Ushbu qo‘llanmalarni Markazning “Yagona ta’lim resurslari” portalidagi ‘‘Psixologik xizmat’’ platformasidan bepul yuklab olish mumkin.

 

Shuningdek, portalda sinf rahbarlari va direktor o‘rinbosarlari uchun bulling, suitsid va voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha maxsus malaka oshirish kursi ham ishga tushirildi.

 

Maktabda bulling va stressga yechim bormi? Psixologlar uchun eng yaxshi qo‘llanmalar aniqlandi