“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovining suhbat bosqichi 9–17-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovining suhbat bosqichi 9–17-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Avvalroq, “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida Tanlov komissiyasining qaroriga ko‘ra, suhbat bosqichi joriy yilning 9–17-dekabr kunlari tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilishi belgilangani haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mazkur bosqichga tavsiya etilgan nomzodlar va ularning suhbat kunlari ro‘yxati hamda vaqtlari bilan ushbu HAVOLA orqali tanishishingiz mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Nomzodlardan suhbat jarayoniga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Bugungi kunda ish yoki o‘qish maqsadida xorijda bo‘lib turgan nomzodlar suhbat bosqichida ONLAYN shaklda ishtirok etishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Buning uchun ular F.I.Sh.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ va xorijda ekanligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda, @eyufadmissionbot Telegram botiga 7-dekabr soat 18:00 ga qadar murojaat yuborishlari kerak edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

O‘zbekiston hududida bo‘lgan nomzodlar suhbatda faqat OFLAYN shaklda ishtirok etishlari shart.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Suhbat “El-yurt umidi” jamg‘armasining istiqbolli kadrlarni xorijda maqsadli tayyorlashga qaratilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ochiq stipendiya tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOMga muvofiq o’tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Suhbat uchun belgilangan kunga kelmagan nomzodlar “suhbatdan o‘tmadi” deb e’tirof etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Suhbat jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi binosida o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Suhbat vaqti o‘zgarishi ehtimolini inobatga olgan holda, belgilangan kunning to‘liq qismini suhbat jarayoniga ajratishingiz tavsiya etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠