Iqtidorli maktab oʻquvchilari uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan 6 haftalik bepul yozgi dastur — TASS 2026 Program (Telluride Association Summer Seminar) taqdim etiladi.
Yozgi dastur istiqbolli yoshlarni tanqidiy fikrlash va demokratik hamjamiyatga asoslangan oʻzgaruvchan taʼlim tajribasi orqali yetakchilik va xizmat qilishga tayyorlash uchun ilhomlantiradi.
Dastur 2026-yil 21-iyundan 25-iyulgacha AQShning Kornell va Merilend universitetida oʻtkaziladi. Bunda ishtirokchilar haftaning har kuni 3 soatlik maxsus darslarda qatnashishi kerak boʻladi. Odatda bunday darslar munozaralar, kichik guruhlarda ishlash, professor-oʻqituvchilarning maʼruzalari va boshqa tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Oʻquvchilarni oʻrganishga boʻlgan muhabbatini ragʻbatlantirish uchun dasturda baholar qoʻyilmaydi.
Dastur qaysi taʼlim yoʻnalishlarini taklif etadi?
Dasturda qatnashish uchun bir qancha yo’nalishlar mavjud, jumladan,
TASS-CBS (Critical Black Studies) — tarix, siyosat, adabiyot, sanʼat va Afrika millatiga mansub odamlarning boshqa intellektual va madaniy hissalarini oʻrganadigan seminarlardan iborat.
TASS-AOS (Anti-Oppressive Studies) — bunda jamiyatdagi yomon illatlarga qarshi kurash va uni yaxshi tomonga oʻzgartirish yoʻllari koʻrib chiqiladi.
Ushbu yozgi maktabga kimlar hujjat topshira oladi?
Ushbu dasturda kelib chiqishidan qatʼiy nazar, barcha 2009-yil 26-iyuldan 2011-yil 21-iyungacha tugʻilgan maktab oʻquvchilari qatnashishi mumkin.
Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi). Nomzodlar bilim olishga qiziquvchan, jamiyatga yordam berishni istaydigan va kuchli ishtiyoqli boʻlishi kerak.
Muhim: Moliyaviy yordamga muhtojlik dasturga qabul qilinish yoki qilinmaslikka taʼsir qilmaydi.
Foydali tomonlari
-
Oʻqish va kerakli kitoblar uchun xarajatlar qoplanadi;
-
Bepul turar joy va ovqatlanish bilan taʼminlanadi;
-
Sayohat va boshqa toʻlovlar (facilities fees) moliyalashtiriladi;
-
Tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan maʼruza va seminarlar oʻtkaziladi;
-
Tanqidiy oʻqish va yozish koʻnikmalarini rivojlantirish;
-
Jamiyatda yashash, demokratik qarorlar qabul qilish va jamiyatda oʻzgarishlar qilish boʻyicha tajribaga ega boʻlish imkoniyati;
-
Moliyaviy yordamga muhtojlarga qoʻshimcha yordam beriladi.
Eslatma: Kerak boʻlganda borish va qaytish xarajatlari toʻliq yoki qisman qoplanishi mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
