O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2025-2026 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlar qabuli boshlangani haqida xabar bergan edik.
Qabul ikki bosqichda o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbatga taklif etilgan.
Bugun magistratura bosqichiga qabulning umumuiy natijalari e’lon qilindi.
Nomzodlar o‘z natijalarni natija.dsba.uz onlayn platformasi yoki @natijadsbabot orqali bilib olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2025-2026 o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotalari quyidagicha:
— Davlat boshqaruvi – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to‘lov-kontrakt);
— Hududlarni kompleks rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to‘lov-kontrakt);
— Inson resurslarini rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to‘lov-kontrakt).
