Harbiy OTMlarda oʻqigan shaxslarga 5 yil ishlab berish majburiyati yuklandi

Harbiy OTMlarda oʻqigan shaxslarga 5 yil ishlab berish majburiyati yuklandi

Prezidentning 2025-yil 3-noyabrdagi PQ–327-son qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi.

 

 

Qaror bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchaga koʻra, oliy harbiy taʼlim muassasalari bitiruvchilari oʻqishni bitirgandan soʻng ofitser lavozimlarida 5 kalendar yil davomida xizmatni oʻtamaganda, ulardan oʻqitish uchun sarflangan mablagʻlar undirib olinishi belgilandi.

 

 

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, fuqarolar oliy harbiy taʼlim muassasasini tamomlagandan soʻng 5 kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni oʻtashi, xizmatni oʻtamaganda oʻqitish uchun sarflangan mablagʻlarni Davlat byudjetiga qaytarishi lozimligi belgilangan.

 

 

Shu bilan birga bugungi kunda oliy harbiy taʼlim muassasalari bitiruvchilari nafaqat harbiy xizmatchi boʻlib, balki xodim sifatida ham xizmatni oʻtash uchun boshqa vazirlik va idoralarga yuborilayotgani sababli ushbu bitiruvchilarning xodim sifatida 5 kalendar yil davomida xizmatni oʻtashga majburligini qonunchilikda belgilash zarurati yuzaga kelgan.