IIV tarkibidagi oʻqituvchilarga ham milliy sertifikat uchun ustama toʻlanadimi?

IIV tarkibidagi oʻqituvchilarga ham milliy sertifikat uchun ustama toʻlanadimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 134-sonli farmoniga koʻra, umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga ustamalar toʻlash tartibi belgilangan.

 

Ushbu sertifikatlar orqali Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan kamida B+ daraja olinganda, pedagoglarga 20 foiz miqdorida ustama toʻlanadi.

 

Biroq bu ustama faqat umumtaʼlim maktablari pedagog xodimlari uchun qoʻllaniladi.

 

Shu sababli IIV huziridagi akademik litsey oʻqituvchilari uchun mazkur ustama berilmaydi.