Bugun chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoniga to‘lov qilishning oxirgi kuni

Bugun chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoniga to‘lov qilishning oxirgi kuni

Xabaringiz bor,  2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

 

 

Talabgorlar ingliz, nemis, arab, turk, ispan, xitoy, urdu, pushtu tillaridan imtihonga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 1-noyabrga qadar (shu kuni ham) davom etdi.

 

 

To‘lov qilish 2-noyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Test sinovlari 15-16-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

 

 

Chet tili imtihoni uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.

 

Bugun chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihoniga to‘lov qilishning oxirgi kuni