AQShda bakalavr bosqichini bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi grant dasturi – The Guy T. Carswell Scholarship

AQShda bakalavr bosqichini bepul oʻqish imkoniyatini beruvchi grant dasturi – The Guy T. Carswell Scholarship

Guy T. Carswell Scholarships – AQShning Wake Forest universiteti bakalavr bosqichiga qabul qilingan talabalarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan dastur hisoblanadi. Dasturda yuqori akademik koʻrsatkichga ega, har tomonlama ilgʻor, qolaversa, ijtimoiy jihatdan faol, koʻplab yutuqlarga erishgan talabalar qatnashishlari mumkin. Har yili dastur uchun 5 nafar eng yaxshi nomzodlar saralab olinadi.

 

 

Dastur davomida talabalar bepul oʻqish bilan birga, turarjoy, oziq- ovqat va shaxsiy xarajatlari uchun qoʻshimcha mablagʻ bilan taʼminlanadilar.

 

Maqbullik shartlari

 

Dasturga qabul qilinish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

 

– nomzod Wake Forrest universitetining bakalavr bosqichiga qabul qilingan boʻlishi kerak;

 

– akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlishi lozim;

 

– ingliz tilini yaxshi bilishi shart;

 

– ijtimoiy jihatdan faol va liderlik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.

 

 

Talablar haqida batafsil ushbu havoladan bilib olishingiz mumkin.

 

Foydali tomonlari

 

Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

 

– oʻqish kontrakt toʻlovidan ozod etiladi;

 

– shaxsiy xarajatlar uchun yillik $3,400 mablagʻ beriladi;

 

– bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;

 

– tadqiqot xarajatlari uchun $5,000 ajratiladi.

 

Dasturning manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

 

Hujjat topshirish

 

Dasturga qabul qilinish uchun 15-noyabrgacha universitetning bakalavr bosqichiga ariza topshirishingiz lozim. Bakalavr bosqichidagi kurslar haqida ushbu havoladan maʼlumot olishingiz mumkin. Universitet uchun arizalar 3 xil usulda qabul qilinadi. Ariza topshirish narxi $85.

 

 

Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:

 

 

– maktab yoki kollej/litsey baholari va uning inglizcha tarjimasi;

 

– ustozlardan tavsiyanoma;

 

– til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS/TOEFL/Duolingo);

 

– SAT/ACT sertifikatlari tanlangan kurs talabiga qarab ixiyotiy;

 

– ushbu hujjatdagi maʼlumotlar toʻldirilib taqdim etilishi lozim.

 

Ushbu topshirilgan hujjatlarga qarab saralangan nomzodlar bilan intervyu tashkil etiladi va bu haqida ularga mart oyi oxirigacha xabar beriladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish