Prezidentning 2025-yil 17-oktyabrdagi 652-sonli qarori bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
-birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi;
-ikkinchi bosqichda esa Sport vazirligi tomonidan amaliy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy (ijodiy) imtihon sinovlari sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari nizomning 4-ilovasida keltirilgan.
| Sport turlari boʻyicha mashqlar nomi | Eng yuqori ball |
| I. Gimnastika sport turi boʻyicha | |
| Gimnastika oʻrindigʻida bir oyoqda 2-3 soniya davomida “Qaldirgʻoch” holatida turish texnikasi | 5 ball |
| Gimnastika narvonida osilib, oyoqlarni 90° ga koʻtarish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Ikki marta ketma-ket oldinga oʻmbaloq oshib, “kurak”larda tik turish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Bosh va qoʻllarga tayanib, oyoqlarni tik tutish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Umumiy rivojlantiruvchi majmua (8-16-32 talik kompleks) mashqlarini (sanash bilan) bajarish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| “Saflan”, “Tekislan”, “Rostlan”, “Oʻngga”, “Chapga”, “Ortga”, “Qadam bos” (buyruq berish ohangi) harakatlar texnikasi | |
| II. Yengil atletika sport turi boʻyicha | |
| Pastki startga turish va startdan chiqish texnikasi | 5 ball |
| Yuqori startga turish va startdan chiqish texnikasi | |
| Yengil atletika maxsus yurish va yugurish mashqlari texnikasi | |
| Yugurib kelib balandlikka “Hatlab oʻtish” usulida sakrash texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Toʻldirma toʻp bilan maxsus uloqtirish mashqlarini bajarish texnikasi | |
| III. Futbol sport turi boʻyicha | |
| Toʻpni oyoqning ichki, tashqi va tag qismi bilan toʻxtatish texnikasi (1 — 3-marta) | 5 ball |
| Toʻpni nishonga oyoqning ichki va tashqi tomoni bilan tepish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Toʻpni oyoqning ichki va tashqi qismida 20 metr masofaga olib yurish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Toʻsiqlar orasidan toʻpni olib yurish texnikasi (5 ta toʻsiq) | |
| Toʻpni yon chiziqdan oʻyinga kiritish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| IV. Voleybol sport turi boʻyicha | |
| Toʻpni yuqoridan oʻyinga kiritish texnikasi (1 — 3-marta) | 5 ball |
| Toʻpni pastdan oʻyinga kiritish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Toʻsiq qoʻyish texnikasini koʻrsatish (1 — 3-marta) | |
| Toʻpni belgilangan nuqtaga yuqoridan va pastdan uzatish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Diametri 180 sm doira ichida voleybol toʻpini qisqa — qisqa yuqoriga uzatish (jonglyor) texnikasi (1 — 3-marta) | |
| V. Basketbol sport turi boʻyicha | |
| Toʻpni uzatish va oshirish (bir-ikki qoʻlda koʻkrakdan, poldan) texnikasi (1 — 3-marta) | 5 ball |
| Jarima toʻpini savatga tashlash texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Toʻpni olib yurish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Toʻpni ikki qadamda (pastdan, yuqoridan) savatga tashlash texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Basketbolda himoya (silindr) turish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| VI. Gandbol sport turi boʻyicha | |
| Toʻpni chap va oʻng qoʻllarda olib yurish texnikasi (1 — 3-marta) | 5 ball |
| 10 metr masofaga toʻpni yurish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Gandbol toʻpini uchta qadam tashlab uzatish texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Darvozaga toʻpni uchta qadam tashlab otish (7 metrli masofadan) texnikasi (1 — 3-marta) | |
| Darvozaga toʻpni sakrab otish (9 metrli masofadan) texnikasi (1 — 3-marta) | |
| VII. Shaxmat | |
| Koʻrsatilgan sipohni yurish yoʻnalishlarini koʻrsatib berish | 5 ball |
| Farzin va shoh bilan raqib shohini mot qilish (20 soniyada) | |
| Ruh va shoh bilan raqib shohini mot qilish (20 soniyada) | |
| Qaysi sipoh piyodalardan oldin oʻyinni boshlashini koʻrsatish | |
| Pot holatini koʻrsatib berish | |
| VIII. Kurash | |
| Kurashda yumshoq yiqilish (straxovka) holatlarini koʻrsatib berish texnikasi | 5 ball |
| Supurma usulini koʻrsatib berish texnikasi | |
| Chil usulini koʻrsatib berish texnikasi | |
| Usul va qarshi usullarga kirish va qayta chiqish (oyoq va qoʻl harakatlari) texnikasi | |
| Kurashchilarni maxsus chigalyozdi mashqlarini koʻrsatib berish texnikasi | |
| Muvozanatdan chiqarish texnikasini oʻrgatish (ayollar uchun) | |
| Kurashda turish holatlarini koʻrsatib berish texnikasi (ayollar uchun) | |
Ya’ni 8 ta sport turidan bittadan mashq bajariladi va quyidagi mezon boʻyicha baholanadi:
mashqlar texnikasi toʻgʻri va toʻliq bajarilganda (texnik harakat yakuniga yetkazilganda) — 5 ball;
mashqlar texnikasi toʻgʻri bajarilganda (texnik harakat yakuniga yetmaganda) — 4 ball;
mashqlar texnikasi qisman toʻgʻri bajarilganda (texnik harakat yakuniga yetkazilganda) — 3 ball;
mashqlar texnikasi notoʻgʻri bajarilganda (texnik harakat yakuniga yetkazilganda) — 2 ball;
mashqlar texnikasi notoʻgʻri bajarilganda (texnik harakat yakuniga yetmaganda) — 1 ball.
