Vazir jasorat ko‘rsatgan talabani taqdirladi

Vazir jasorat ko‘rsatgan talabani taqdirladi

Yangi hayot tumanida bolaning hayotini saqlab qolgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilashov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan taqdirlandi.

 

Yangihayot tumanida TKTI talabasi Muhriddin Ilashov 4-qavat balkonida osilib qolgan bolani jasorat bilan qutqarib, uning hayotini saqlab qolgan edi.

 

18-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Muhriddin Ilashovga uning mardligi va fidoyiligini e’tirof etib, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asini topshirdi.