Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?

Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?

Xabaringiz bor, kontraktga o‘qishga kirgan talaba 1 yildan keyin budjetga almashtirilishi yoki budjetda o‘qiyotgan kontraktga tushib qolishi mumkin.

 

Lekin ayrim istisno holatlar keltirilgan. Ya’ni ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagi talabalar. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

 

– nogironligi bo‘lgan shaxslar (I va II guruh, yoki bolalikdan nogironligi borlar);

 

– ijtimoiy yetimlar (ota-onasi yo‘q yoki ota-ona qaramog‘isiz qolganlar);

 

– «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» ro‘yxatlarida bo‘lganlar;

 

– kambag‘al oila farzandlari, yordamga muhtoj oila farzandlari;

 

– oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan talabalar (masalan, yolg‘iz onaning farzandi, ko‘p farzandli oiladan, ishsizlar oilasidan);

 

Ushbu talabalar agar davlat granti asosida o‘qishga kirgan bo‘lsa, hatto baholari pasayib ketsa ham yoki akademik qarzdor bo‘lsa ham, grant to‘liq o‘qishni tugatgunga qadar saqlanib qoladi.

 

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi nomli davlat stipendiyalari sohiblari, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishini inobatga olib, ularga tegishli o‘quv yili uchun kontrakt qiymati miqdorini stipendiyasiz shaklda to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish