Chekka hududlarda ham pedagoglar uchun seminarlar tashkil etilmoqda

Chekka hududlarda ham pedagoglar uchun seminarlar tashkil etilmoqda

Joriy yilning 14-oktyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Boshlang‘ich ta’limda kreativ fikrlashni shakllantirish: pedagogik va psixologik yondashuvlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

 

 

Unda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, maktab psixologlari hamda metod birlashma rahbarlari ishtirok etgan.

 

 

Tadbirning asosiy maqsadi zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, kreativ fikrlashni rivojlantirish hamda o‘quvchilarda mustaqil tafakkurni shakllantirishdan iborat.

 

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori v.v.b. Yuliya Risyukova mazkur seminar Toshkent viloyatidagi pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik va psixologik koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilganini taʼkidladi.

 

“Bugungi kunda taʼlim tizimining eng dolzarb vazifalaridan biri — oʻquvchilarda kreativ fikrlash, yangicha yondashuv va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishdir. Chunki zamonaviy dunyo sharoitida nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlash, muammoni samarali yechish va tashabbuskor boʻlish har bir insonning muvaffaqiyat kalitiga aylanmoqda.”- dedi Yuliya Risyukova.

 

Seminar ikki yo‘nalishda boshlang‘ich ta’lim va psixologiya bo‘yicha tashkil etilgan. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida “Profilaktika: kasbiy va hissiy so‘nish, stresslarga bardoshlilik”, “Boshlang‘ich ta’limda STEM yondashuvi asosida loyihalarni o‘tkazish metodikasi” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘tkazilgan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish