“Jadidlar izidan” tanlovida qatnashish uchun 656 171 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan

“Jadidlar izidan” tanlovida qatnashish uchun 656 171 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovining yangi mavsumiga start berilgan edi.

 

 

Umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 6 -7-8 hamda 9 – 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan mazkur tanlovning tuman (shahar), hududiy va respublika bosqichi jarayonlari joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida tashkil etiladi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar tanlovda qatnashish uchun 656 171 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. 

 

O‘quvchilar soni hududlar kesimida:

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 28 034 ta;

 

Andijon viloyati: 109 365 ta;

 

Buxoro viloyati: 44 090 ta;

 

Jizzax viloyati: 22 136 ta;

 

Qashqadaryo viloyati: 40 766 ta;

 

Navoiy viloyati: 17 850 ta;

 

Namangan viloyati: 41 736 ta;

 

Samarqand viloyati: 50 693 ta;

 

Sirdaryo viloyati: 14 325 ta;

 

Surxondaryo viloyati: 93 874 ta;

 

Toshkent viloyati: 61 795 ta;

 

Farg‘ona viloyati: 45 377 ta;

 

Xorazm viloyati: 54 561 ta;

 

Toshkent shahri: 31 569 ta.

 

 

Ma’lumot uchun, tanlovning Respublika bosqichida har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan (I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar) jami 14 nafar g’olib Germaniyaga taʻlim sayohatiga yuboriladi.

 

 

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar jadidlarizidan.uz havolasi orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.

 

“Jadidlar izidan” tanlovida qatnashish uchun 656 171 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish