12 yoshli farg‘onalik o‘quvchi ingliz tilidan xalqaro darajani qo‘lga kiritdi

12 yoshli farg‘onalik o‘quvchi ingliz tilidan xalqaro darajani qo‘lga kiritdi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi 49-umumta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchisi, 12 yoshli Xushnudbek Aktamov ingliz tili bo‘yicha CEFR tizimida B2 darajani muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.

 

 

Mazkur natija xalqaro miqyosda yuqori o‘rta (Upper-Intermediate) bosqich sifatida e’tirof etilib, o‘quvchining tilni erkin tushunishi, fikr bildirishi hamda murakkab matnlar bilan ishlash qobiliyatini namoyon etadi.

 

 

Shuningdek, Xushnudbek ilgari xalqaro HIPPO ingliz tili olimpiadasida ishtirok etib, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda mukofot tariqasida Vetnam davlatiga bepul sayohat yo‘llanmasiga ega bo‘lgan.