The Guy T. Carswell Scholarship: AQShdagi nufuzli universitetda bakalavr bosqichini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati

The Guy T. Carswell Scholarship: AQShdagi nufuzli universitetda bakalavr bosqichini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati

The Guy T. Carswell Scholarship — bu Wake Forest Universitetida bakalavr bosqichida oʻqishni istagan iqtidorli yoshlar uchun taqdim etiladigan nufuzli grant dasturi. Dastur yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega, tashabbuskor, ijtimoiy faol va yetakchilik qobiliyatiga ega talabalarga moʻljallangan.

 

 

Har yili atigi 5 nafar eng yaxshi nomzod tanlab olinadi va ular nafaqat kontrakt toʻlovidan ozod qilinadi, balki turarjoy, oziq-ovqat hamda shaxsiy xarajatlar bilan ham ta’minlanadi.

 

Maqbullik shartlari

 

Grantga ariza topshiruvchi talabalar quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:

 

 

– Wake Forest Universiteti bakalavr bosqichiga qabul qilingan boʻlishi;

 

– yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishi;

 

– ingliz tilini yaxshi bilishi;

 

– ijtimoiy faol va liderlik qobiliyatiga ega boʻlishi.

Talablar haqida batafsil ushbu havoladan bilib olishingiz mumkin.

 

Grant imkoniyatlari

 

Dastur gʻoliblari quyidagi imtiyozlardan foydalanadilar:

 

– toʻliq kontrakt toʻlovidan ozod etiladi;

 

– shaxsiy xarajatlar uchun yiliga $3,400 ajratiladi;

 

– bepul turarjoy va oziq-ovqat taqdim etiladi;

 

– tadqiqot xarajatlari uchun $5,000 grant beriladi.

Dasturning manfaatli tomonlari haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.

 

 Ariza topshirish tartibi

 

Arizalar 15-noyabrga qadar qabul qilinadi. Universitetning bakalavriat dasturlariga hujjatlar uch xil usulda topshirilishi mumkin.

 

Ariza topshirish narxi — $85.

 

Kerakli hujjatlar:

 

– maktab yoki kollej/litsey baholari va ularning ingliz tiliga tarjimasi;

 

– tavsiyanoma xati;

 

– til bilish sertifikati (IELTS, TOEFL yoki Duolingo);

 

– SAT/ACT natijalari (kurs talablari asosida majburiy yoki ixtiyoriy);

 

– toʻldirilgan ariza shakli.

 

 

Ushbu hujjatdagi maʼlumotlar toʻldirilib taqdim etilishi lozim.

 

 

Tanlab olingan nomzodlar bilan intervyu oʻtkaziladi. Natijalar haqida mart oyi oxirigacha xabar qilinadi.