Excellence Scholarship & Opportunity Program (ESOP) — Shveysariyaning nufuzli ETH Zurich universitetida magistrlik darajasida tahsil olishni istagan eng iqtidorli va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi grant dasturi. Grant barcha magistrlik dasturlari uchun amal qiladi.
Imtiyozlari:
– o‘qish to‘lovidan to‘liq ozod etiladi;
– yashash va boshqa xarajatlarni qoplash uchun 12 000 Shveysariya franki ($14 900) miqdorida yillik stipendiya beriladi.
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha.
Talablar (maqbullik shartlari):
– bakalavr bosqichida yuqori akademik ko‘rsatkichlar (eng yaxshi 10%);
– ETH Zurich magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirgan bo‘lish;
– CV’da ko‘rsatilgan telefon raqami orqali bog‘lanish imkoni bo‘lishi (tanlangan nomzodlar bilan fevral oyida telefon yoki onlayn suhbat o‘tkazilishi mumkin).
Kerakli hujjatlar:
– bakalavr diplomi va ilovasi (yoki o‘qishni tugatish haqida ma’lumotnoma);
– CV;
– Ta’lim olgan universitetlar ro‘yxati;
– maktab/kollej/litsey diplomi (matriculation certificate);
– til sertifikati (kamida C1 daraja, IELTS 7.0 yoki ekvivalenti);
– pasport nusxasi;
Declaration of consent (rozilik bayonoti).
Magistrlik dasturiga hujjat topshirish jarayonlari, talablari va kerakli hujjatlar haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Qo‘shimcha talablar:
Magistrlik dissertatsiyasi uchun dastlabki taklif (pre-proposal) – ilmiy iqtiboslar to‘g‘ri ko‘rsatilgan holda, nomzod tomonidan yozilgan bo‘lishi shart. Plagiat yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish arizaning bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.
2 ta tavsiyanoma (agar magistrlik dasturi uchun tavsiyanoma oldin taqdim etilmagan bo‘lsa).
Nomzodlar universitetning magistrlik dasturlaridan biriga eApply portali orqali onlayn ariza topshirishi lozim. Universitetning magistrlik dasturlari va fakultetlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar rasmiy tarjima bilan topshirilishi kerak. Tanlangan dasturga qarab hujjatlar ro‘yxati o‘zgarishi mumkin.
Saralash jarayoni
Arizalar tegishli magistrlik dasturlari qabul komissiyalari tomonidan baholanadi.
Grantni taqdim etish bo‘yicha yakuniy qaror ETH Zurich rektori tomonidan qabul qilinadi.
Natijalar 2026-yil mart oyining oxirida e’lon qilinadi.
