Ustama tayinlangan o‘qituvchiga mukofot puli berilmaydimi?

Ustama tayinlangan o‘qituvchiga mukofot puli berilmaydimi?
Hukumatning 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga ko‘ra, maktab pedagogik kengash qarori, direktorning buyrug‘i bilan umumta’lim muassasalari xodimlariga har oylik ustamalar belgilanadi, mukofotlanadi va ularga moddiy yordam tayinlanadi.

 

 

Mazkur nizomda ustama tayinlangan pedagog xodimga mukofot puli bermaslik to‘g‘risida hech qanday qoida belgilanmagan. Ya’ni, ustama tayinlangan barcha pedagog xodimlar “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

 

 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli nizomning 17-bandida esa Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har oylik ustama olayotgan malakali pedagog kadrlarga bir martalik pul mukofotlarini belgilashga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan.

 

Xalq ta’lim info nashrining yozishicha, ushbu 425-sonli nizomning Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga mutlaqo aloqasi yo‘q. Sababi, u yerda direktor jamg‘armasidan emas balki, vazir jamg‘armasi hisobidan olinadigan ustamalar nazarda tutilgan.

 

 

Demak, direktor jamg‘armasi hisobidan ustama olayotgan pedagoglarga “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofot puli berish mumkin.