Metodik yordam: Amaliy darslarda o‘quvchiga qanday yordamlar zarur?

Amaliy ishdan kelib chiqqan anglash, tushunib yetishlar, yangi fikrlar va yechimlar ongli ravishda va muvaffaqiyatli bajarilgan xatti-harakatlarning ijobiy natijasidir. Amaliy darslarda o‘quvchilarga quyidagi yordamlar zarur:

 

Amaliy darsni boshqarish

 

Oʻqituvchi amalga oshirishning ahamiyatini ta’kidlashi va tasavvur darajasidan amaliy ish-harakatlarga asta-sekin oʻtishni ta’minlashi kerak. Koʻrish va idrok qilishning har bir bosqichidan soʻng, amalga oshirish bosqichi tashkil qilinishi lozim.

 

Amalga oshirishni ta’minlash va tekshirish

 

Amaliy mashgʻulot davomida ikkilanish yoki notoʻgʻri harakatlar harakatlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun oʻqituvchi mashgʻulotda iloji boricha amaliyotdagi holatga yaqin tarzda faoliyatni tashkil qilishi kerak, shuningdek, nima qilish kerakligini oʻzi koʻrsatib berib, buni oʻquvchilarga bajartirib, toʻgʻri ish-harakatlarga oʻrgatishi kerak.

 

Amalga oshirishdagi xatolarni oldini olish

 

Oʻqituvchi xato qilinganini koʻrishi bilan, oʻquvchi e’tiborini xatolarga qaratishi, lekin xatolar qilinishiga yoʻl qoʻyishi kerak, chunki faqat oʻshanda oʻquvchi oʻz qobiliyatlarini koʻra oladi. Oʻta qoʻpol xatolarning sabablari aniqlanishi kerak.

 

Takrorlash va mashqlar qilish

 

Oʻzlashtirilgan bilimlar takrorlash, eslab qolish, mashq qilish, avtomatlashtirish va sinab koʻrish orqali oʻquvchilarning bilimlar zahirasiga mahkam oʻrnashib oladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры