Ma’lum bo‘lishicha, ayiq tajovuzkor harakat qilgan va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirgan.
Holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, 15-may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan.
Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan.
Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, 74-sonli maktab hududiga kirgan.
Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakat qilgani va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug’dirganligi sababli tezkor chora ko’rish talab qilingan va yirtqich otib
o‘ldirilgan.
Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.