Buxoroda ikki nafar 11-sinf qiz YTH qurboni boʻldi

Buxoroda ikki nafar 11-sinf qiz YTH qurboni boʻldi

Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida maktab oʻquvchilarining oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Kun.uz xabar berdi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Manbaga koʻra, YTH kecha, 2-oktyabr kuni erta tongda, soat taxminan 5:00-6:00 lar atrofida sodir boʻlgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tumanning Tojikent mahallasida yashovchi, hududdagi 27-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchilari ekani aytilayotgan ikki qiz repetitorga ketayotganida ularni mashina urib yuborgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oqibatda oʻquvchi qizlarning ikkisi ham vafot etgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ YTHda qizlarning halok boʻlganini va ular Tojikent mahallasidan ekanini ushbu mahalla raisi tasdiqlagan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari holatdan xabari yoʻqligini, boshqarma masʼullari bilan bogʻlana olmaganini maʼlum qilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Holat yuzasidan haligacha rasmiy munosabat berilgani yoʻq.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠