Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarorining 45-bandiga ko’ra, pedagog kadrlar attestatsiyada uzrli sabablarga koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa kuni o‘tkaziladi.
Ya’ni vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Pedagog kadrlar uzrli sabablarga koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.
MMTVning 2025-yil 30-iyundagi 214-son buyrugʻining 6-ilovasida “Uzrli sabablarga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadrlar roʻyxati” — Faylni yuklash
