Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia-2 haydovchisi piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan o‘quvchi qizni urib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, voqea joriy yilning 25-sentyabr kuni soat 15:35 da Andijon shahar “Bogʻishamol” mahallasi hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlining 342-km qismida YTH roʻy bergan.
1993-yilda tugʻilgan haydovchi N.D. oʻzining “Nexia-2” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotganda, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan 2015-yilda tugʻilgan I.D.ni urib yuborgan.
Natijada piyoda yengil tan jarohati olib, RSHTTYOIAM shifoxonasiga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Andijon tumani IIB YHXX xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
