“Zamonaviy ta’limsiz bomba va raketalar qanday yasaladi?” — “Tolibon” ta’lim vaziri

“Zamonaviy ta’limsiz bomba va raketalar qanday yasaladi?” — “Tolibon” ta’lim vaziri

“Tolibon” ta’lim vaziri Habibulla Og‘a o‘quvchilarni zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishga chaqirdi. Vazir zamonaviy vositalar yo‘qligi sababli Afg‘oniston havo hududi xavfsiz emasligini aytdi. Bu haqda Tolo News xabar bergan.

“Hozirgi zamonda Kalashnikov yoki qilich bilan himoyalanib bo‘lmaydi. Sizlar diningizni to‘plar, dronlar, katta bombalar va samolyotlar bilan himoya qilasiz. Lekin ilmsiz, zamonaviy ta’limsiz bu bombalar, samolyotlar, raketalar qanday yasaladi?» – degan u Paktiyadagi maktab ochilishida.

Vazir talabalarni din va mamlakatni himoya qilishda zamonaviy bilimlar zarurligini qayd etgan.

 

“Diniy ilmlar hayotimizning maqsadi, biz uchun farz va biz ularni o‘rganamiz. Lekin diniy ilm hayotimiz mazmuni bo‘lganidek, zamonaviy ilmlar ham vatanimizga suv qanchalik zarur bo‘lsa, shunchalik dolzarbdir”, – deydi Habibulla Og‘a.

Paktiyadagi oqsoqollar vazirni zamonaviy ta’limni kuchaytirish uchun professional o‘qituvchilar, maktab binolari va boshqa zarur sharoitlar bilan ta’minlashga chaqirgan. Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyaning moliyaviy ko‘magi bilan Paktiyada 196 million afg‘oniyga 18 ta maktab uchun yangi binolar qurilib, foydalanishga topshirildi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish