Istalgan soha boʻyicha Irlandiya oliygohlarida tadqiqotlarini davom ettirmoqchi boʻlgan magistratura va doktorantura talabalari uchun Irlandiya Ilmiy tadqiqotlar Kengashi yillik €34,000 ga teng boʻlgan grant taklif qiladi.
Yoshi, irqi va millatidan qatʼi nazar, barcha mamlakat fuqarolari oʻzlari tanlagan yoʻnalish boʻyicha ariza berishlari mumkin. Grantga loyiq topilgan nomzodlar yillik stipendiya, tadqiqotlar va qoʻshimcha toʻlovlar uchun alohida mablagʻ bilan taʼminlanadilar. Oʻqishning davomiyligi nomzodlar tanlagan bosqichga yoʻnalishlarga (anʼanaviy magistratura va doktorantura; ixtisoslashtirilgan magistratura va doktorantura) qarab, 1 yildan 4 yilgacha davom etishi mumkin.
Maqbullik shartlari
— Dasturga topshirish uchun hech qanday yosh chegarasi belgilanmagan;
— Nomzod tanlagan dasturi (universiteti)ning talablariga mos boʻlishi kerak;
— Oldin magistratura o’qimagan bo’lishi kerak;
— Irlandiya oʻqishiga ariza topshirgan boʻlishi yoki tadqiqot markazlaridan biri bilan aloqa oʻrnatgan boʻlishi kerak;
— Dastur uchun topshirilgan barcha hujjatlar rasman tasdiqlangan boʻlishi shart;
— Bakalavr (yoki shunga teng) yoki magistrlik diplomiga ega istalgan yoshdagi va istalgan mamlakatdan kelgan nomzodlar topshirishi mumkin (agar bakalavr imtihoni natijasi ariza topshirilgan vaqtda maʼlum boʻlmasa, nomzod diplomni qoʻlga olishi sanasini rasmiy tasdiqlangan hujjat bilan havola etishi lozim. Shundagina Irlandiya ilmiy kengashi nomzodga shartli ravishda stipendiya berishi mumkin, ammo bakalavr yoki unga tenglashtirilgan diplom natijasi birinchi yoki ikkinchi darajali natija koʻrsata olishi kerak);
— Magistratura uchun ariza topshirganlar yoki doktoranturaga imtiyoz asosida kirmoqchi boʻlganlar Irlandiya ilmiy tadqiqot konsulligi (Irish Research Council) grantini ayni damda ham, ilgari ham qoʻlga kiritmagan boʻlishi lozim;
— Barcha nomzodlar ularning tadqiqot mavzusi/loyihasini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ilmiy rahbarga hamda nomzodning salohiyatidan yaxshi xabardor 2 ta taqrizchiga ega boʻlishi kerak (Irlandiya konsulligi bu vazifani boʻyniga olmaydi);
— Ilgari ham dastur boʻyicha ariza topshirgan boʻlsa, muvaffaqiyatsiz urinishlari soni ikkitaga yetmagan boʻlishi shart (xoh tadqiqot mavzusini oʻzgartirish, xoh mezbon universitetni almashtirish boʻlsin);
— Toʻlovlardagi har qanday farq mukofot oluvchi va/yoki qabul qiluvchi tashkilot tomonidan toʻlanishi kerak;
— Hujjat topshirishga kech qolgan, bir martadan koʻp ariza joʻnatishga uringan, yolgʻon maʼlumot taqdim etgan, keragidan ortiq yoki kam hujjatlar topshirgan, belgilangan soʻz miqdoridan oshirib yozgan yoki birdan ortiq ilmiy rahbarga ega hamda ariza shaklida keltirilgan rahbar ismi asliyatga muvofiq kelmagan va b. nomzodlarning arizasi qabul qilinmaydi.
Dasturga qoʻyilgan talablar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Muhim: Quyidagi sohalar boʻyicha tadqiqot olib bormoqchi boʻlgan tadqiqotchilarga grant ajratilmaydi:
— reproduktiv maqsadlarda odamlarni klonlash;
— insoniyatning genetik modifikatsiyasi (jinsiy aʼzolardagi saraton kasalligini davolash bilan bogʻliq tadqiqotlar bundan mustasno);
— inson embrionlarini faqat tadqiqot maqsadida yoki somatik hujayrasini yadroviy oʻtkazish yoʻli bilan sotish maqsadida yaratish.
Foydali tomonlari
Grant yutib olgan talabalarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
— Oʻquv muddati vaqtida yillik €25,000 miqdoridagi stipendiya beriladi;
— Tadqiqot uchun €3,250 yillik alohida stipendiya taqdim etiladi;
— Qabul qiluvchi oʻquv muassasasi, shu jumladan Yevropa Ittifoqiga tegishli boʻlmagan toʻlovlar uchun qoʻshimcha €5,750 gacha mablagʻ ajratiladi.
Ajratiluvchi mablagʻlarning umumiy yillik miqdori: €31,000.
