Magistraturaga kontrakt asosida kirgan xotin-qizlar oliygoh rektoriga ariza berishlari mumkin

Magistraturaga kontrakt asosida kirgan xotin-qizlar oliygoh rektoriga ariza berishlari mumkin

Davlat oliygohlarining magistraturasiga tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi yuzasidan oliygoh rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin.

 

 

Ushbu masalada batafsil ma’lumot olish uchun talaba xotin-qizlarga oliygohning Registrator ofisi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilish tavsiya etiladi.