Yangi formativ va summativ baholash tizimi bir-biridan qanday farqlanadi?

Yangi formativ va summativ baholash tizimi bir-biridan qanday farqlanadi?

Yangi baholash ikki asosiy guruhga bo’linadi: formativ baholash va summativ baholash

 

 

Formativ baholash – oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi uzluksiz fikr almashish jarayonidir. Ya’ni, kunlik qo’yiladigan baholar va u maksimal 10 ball bilan baholanadi.

 

 

Summativ baholash – oʻqishning maʼlum bir davrida (oʻquv dasturining boʻlim va boblari, choraklik, oʻquv yili oxirida) oʻquvchining davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlarida belgilangan kompetensiyalarni egallaganlik darajasini rasmiy baholash jarayoni boʻlib, test, yozma ish, ogʻzaki suhbat, loyiha ishi, taqdimot ishlari, amaliy mashgʻulot, laboratoriya ishi, ijodiy ishlar va shu kabi boshqa shakllar yordamida amalga oshiriladi.

 

 

Summativ baholash imtihonlarda qo’yiladigan baho hisoblanadi (joriy, oraliq nazorat, choraklik va hokazo) va u maksimal 90 ball bilan baholanadi.

 

 

Summativ baholash topshiriqlarini chop etish oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari hamda metod birlashma rahbarlari zimmasiga yuklatiladi. Formativ baholash topshiriqlarini qogʻoz formatida chop etish va saqlash talab etilmaydi.

 

 

Summativ baholashning o’zi ham ikki guruhga bo’linadi:

 

 

BSB – bob boʻyicha summativ baholash maksimall 50 ball;

 

CHSB – chorak boʻyicha summativ baholash maksimall 40 ball.

 

 

Demak, formativ baholash (10 ball), sumativ baholash (90 ball, (BSB 50 ball, CHSB 40 ball)) jami 100 ball. Ushbu baholar chorak davomida yig’iladi va 100 ballik tizimda ballanib choraklik 2-3-4-5 baholarga konvertatsiyalanadi.

 

 

86-100 ball 5 baho, 66-85 ball 4 baho, 30-65 ball 3 baho, 0-29 ball 2 baho

 

 

Asos: MMTV ning 2023-yil 16-avgustdagi 248-sonli buyrug‘i