“Intellektual elektromobillar qo‘shma laboratoriyasi” tashkil etilishi aytilmoqda

“Intellektual elektromobillar qo‘shma laboratoriyasi” tashkil etilishi aytilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Xitoyga qilgan xizmat safari davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti prorektori Shuhrat Shokirov bilan birga Beijing texnologiya universiteti (BIT) vitse-prezidenti Van Bentsun boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar jamoasi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

 

 

Uchrashuv davomida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Beijing texnologiya universiteti hamkorligida “Intellektual elektromobillar qoʻshma laboratoriyasi” tashkil etish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolangan.

 

 

Ta’kidlanishicha, laboratoriya zamonaviy elektromobillar va zaryadlash texnologiyalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar, qoʻshma taʼlim dasturlari, yosh olimlar va oʻqituvchilar uchun stajirovkalarni qamrab oladi.