JAVOB: ishtirok eta oladi.
Joriy yilda ilk marta grantlar taqsimoti tizimi boshlangani sababli, amaliyotda ayrim tushunmovchiliklar va ikkilanishlar bo‘lishi tabiiy. Sekin-astalik bilan barcha masalalarga yechim topilib ketaveradi.
Shunday ikkilanishlardan biri — magistraturada qo‘shimcha qabul (kvota)ga kirgan hamda real xarajatni to‘layotgan talabalar grant taqsimotida ishtirok eta oladimi yoki yo‘qmi?
Ayrim oliygohlar ma’muriyati ushbu toifadagi talabalar uchun grant taqsimotida qatnashishga ruxsat bermagan va ularning arizasini ko‘rmasdan qoldirishmoqda. Ammo bu noto‘g‘ri.
Xushnudbekni yozishicha, ushbu masalani vazirlik mas’ullari bilan bog‘lanib, oydinlik kiritib olgan. Vazirning ham, vazir o‘rinbosarlarining ham, va umuman shu masalaga aloqador barcha mas’ullarning pozitsiyasi bir xil — qo‘shimcha qabulga kirgan magistrlar grant taqsimotida ishtirok etadi.
Chunki bironta normativ-huquqiy hujjatda buni taqiqlovchi qoida mavjud emas. Jumladan, grant taqsimoti tizimini tartibga soluvchi asosiy hujjat — Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ham qo‘shimcha qabulga kirgan magistrlar huquqini cheklovchi qoida belgilanmagan.
Ayrimlar “Biz moliyaviy mustaqil oliygohmiz», qarorni o‘zimiz qabul qilamiz” degan gaplarni ham aytishayotgan emish. Bekorlarni aytibsiz. Grant taqsimoti Prezident hamda Hukumat qarorlari bilan joriy etilgan tizim va u barcha davlat oliygohlariga birdek amal qiladi. Shu sababli, oliygohlar ma’muriyatidan iltimos: qonunchilikda belgilanmagan cheklovlarni joriy qilib, talabalarning huquqlarini poymol qilmang.
Agar taqsimot qarorini chiqarishda qo‘shimcha qabulga kirganlarni hisobga olmagan bo‘lsangiz, unda qaytadan hisoblashingizga to‘g‘ri keladi. Adolatni ta’minlash uchun qarorni o‘zgartirsa arziydi.
