Milliy sertifikatga ega boʻlgan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlanadi - Ta’lim xabarlari
Milliy sertifikatga ega boʻlgan “Oʻzbek tili va adabiyoti” fani oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlanadi

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlanadi.

 

Shuningdek, oʻzbek tili boʻyicha xalqaro fan olimpiadasi oʻtkaziladi. Gʻoliblar oʻzbek tili filologiyasi yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

 

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida maʼlum qilingandi.

 

Yigʻilishda prezident oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchilariga ham xalqaro sertifikatga ega boʻlgan boshqa fan oʻqituvchilaridan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanishi adolatdan boʻlishini taʼkidladi.

 

Oʻzbek tili boʻyicha xalqaro fan olimpiadasi oʻtkazilishi hamda oliygohlarga oʻzbek tili filologiyasi yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры