O‘quvchilari eng yaxshi va eng yomon bahoga o‘qiydigan hududlar nomi ma’lum qilindi - Ta’lim xabarlari
O‘quvchilari eng yaxshi va eng yomon bahoga o‘qiydigan hududlar nomi ma’lum qilindi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti o‘quvchilari eng yaxshi va eng yomon bahoga o‘qiydigan hududlar nomini ma’lum qildi.

 

Institut tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, hududlar kesimida a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilarning yuqori ulushi Andijon (59,4 foiz) va Navoiy (57,4 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

 

Eng past baholarga o‘qiydigan o‘quvchilar ulushi esa Toshkent shahri (15,4 foiz), Farg‘ona (12,8 foiz), Sirdaryo (12,5 foiz) va Xorazm (12,4 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

 

Matematika, texnologiya, o‘qish, chet tili, tabiiy fanlar va tasviriy san’at o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qiyin bo‘layotgan, musiqa, jismoniy tarbiya, chizmachilik esa o‘zlashtirishi eng oson bo‘lgan predmetlardir.

 

e-maktab ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda o‘zbekistonlik o‘quvchilarning 88,7 foizi a’lo va yaxshi baholarga o‘qiydi.

 

Xususan, o‘quvchilar orasida a’lo baholarga o‘qiydiganlar ulushi eng yuqori bo‘lib, 52,3 foizni tashkil etadi.

To‘rt bahoga o‘qiydiganlar 36,4 foizni, uch bahoga o‘qiydiganlar 10,3 foizni tashkil etadi.

 

“Lekin Xalqaro baholash testlari natijasi buning aksini ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilar o‘quvchilarning bilimini oshirib baholayotganidan va boshqa holatlar kuzatilishidan dalolat beradi”, – deyiladi institut xulosasida.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры