Urganch davlat universiteti davlat xaridlarida qariyb 30 mlrd so‘mlik qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan – Raqobat qo‘mitasi

Urganch davlat universiteti davlat xaridlarida qariyb 30 mlrd so‘mlik qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan – Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan Urganch davlat universitetining talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha tender savdosi qonunga zid deb topildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, Raqobat qoʻmitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi viloyat prokuraturasining topshirigʻiga asosan Urganch davlat universiteti tomonidan davlat xususiy sherikchiligi asosida 7 qavatli, 600 oʻrinli talabalar turar joyi binosi qurilishi boʻyicha boshlangʻich narxi 29,7 mlrd soʻm boʻlgan tender savdosi yuzasidan oʻrganish ishlarini oʻtkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oʻrganishlar davomida universitet tomonidan Xorazm viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga yuborilgan anketada “7 qavatli, 600 oʻrinli talabalar turar joyi binosi qurilishi” obyektini sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasi II-toifa qilib belgilanganligi maʼlum boʻlgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining 20.08.2020-yildagi 496-sonli qaroriga asosan, 9 qavatgacha boʻlgan Oliy taʼlim muassasalari III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozimligi qayd qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ammo Urganch davlat universiteti tomonidan III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozim boʻlgan obyektni II-toifa qilib belgilashi natijasida boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yuqoridagilarga asosan, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Urganch davlat universitetiga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan buyurtmachi tashkilot mansabdor shaxsiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilash yuzasidan tegishli sud organiga maʼlumotlar yuborildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠