Ma’lum qilinishicha, Toshkentdan kelgan ayol besh nafar farzandning onasini qistovga olgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ So‘ng bir oila buzilib ketmasligi vaji bilanqizini olib ona poytaxtga “mijoz”larining sharoitini ko‘rish uchun borgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Vositachilikni esa uning qo‘shnisi qilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Kelishuv bo‘yicha mijoz tarafdagi ayol 10 million so‘m, qo‘shni esa 6,5 million so‘m olishi kerak bo‘lgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Qizaloq uchun beriladigan umumiy pul miqdori 8 ming 700 dollar bo‘lgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Tezkor tadbir natijasida jinoyatchilar ashyoviy dalillar bilan voqea joyida ushlangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

“Besh nafar farzandim bor, 4 nafari voyaga yetmagan. Qo‘shnim jiyanning farzandi yo‘q ekan, anchadan beri farzand borasida qiynalayotgan ekan, dedi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Birinchi yo‘q, dedim.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Telefon qilaverganidan keyin jiyani bilan gaplashmoqchiman, dedim.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ O‘rtada oila buzilib ketmasin, dedim.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Farzandimni bermoqchi emasdim.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Toshkentga nikoh guvohnomasi bormi, uy-joyi qanaqa shuni bilgani kelgan edim”, – deydi ayol.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

O‘rtada vositachi bo‘lgan ayol bu ishni savob uchungina qilganligini aytgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Sud hukmi bilan ona va qo‘shni ayol 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Tayinlangan jazo Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan shartli hisoblanib, uch yil sinov muddati belgilandi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Agar ayollar belgilangan muddatda yana jinoyatga qo‘l ursa, eng kamida 8 yilga qamaladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌⁠⁠