Hukumatning 2024-yil 12-fevraldagi 87-son Nizomning 37-bandiga ko‘ra, kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgor natija eʼlon qilingan kundan boshlab 5 kun mobaynida davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Apellyatsiya yuborish faqat my.gov.uz tizimi orqali qabul qilinmoqda.
Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan 3 — 7 nafar Vazirlik xodimlari, tajribali pedagoglar va malakali mutaxassislardan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga nazorat sinovida qatnashgan xodimlar kiritilmaydi.
Apellyatsiya shikoyati ikki hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi va talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida YIDXP orqali xabardor qilinadi.
Apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
– nazorat sinovi natijasini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qondirilishini rad etish;
– nazorat sinovi natijasini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qondirish.
Apellyatsiya shikoyati qanday holatlarda rad etiladi?
Nazorat sinovi natijasini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilishini rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
– apellyatsiya mazkur Reglament talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa;
– apellyatsiyada ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topmasa.
Nazorat sinovi natijasini o‘zgartirish va apellyatsiya shikoyatini qondirish to‘g‘risidagi qaror shikoyatda ko‘rsatilgan dalillar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda qabul qilinadi.
Appelyatsiya natijalariga ko‘ra talabgorning e’tirozlari o‘rinli deb topilgan taqdirda, noto‘g‘ri tuzilgan topshiriq uchun beriladigan ball mazkur topshiriq berilgan barcha talabgorlar foydasiga qo‘shib hisoblanadi.
Takroriy apellyatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
