Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash uchun oʻtkaziladigan nazorat sinovlarini oʻtkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
19-21-avgust kunlari mazkur jarayonlarda Umumtaʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar, attestatsiyasidan oʻta olmagan, “mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas”- deb topilgan pedagog kadrlar ishtirok etmoqdalar.
Jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin: cams.uzedu.uz
