Toshkentda tashkil etilayotgan maktab bozorlari manzillari e’lon qilindi

Toshkentda tashkil etilayotgan maktab bozorlari manzillari e’lon qilindi

Toshkent shahrida 2025-yil 15-avgustidan 1-oktyabriga qadar “Maktab bozorlari” tashkil etiladi. Tashkil etilayotgan «Maktab bozorlari»ning ro’yxati quyidagi jadvalda berilgan:

Bozorlar va savdo komplekslari nomi Joylar soni «Maktab bozorlari» manzili
1. Aviasozlar dehqon bozori 25 Bozor hududidagi boʻsh maydonlarda
2. Askiya dehqon bozori 5 Bozorga Shota Rustaveli koʻchasi tomonidan kirish qismi oʻng tomonida
3. Chilonzor dehqon bozori 20 Bozorning asosiy («Chilonzor» shoxobchasi) avtoturargoh maydonida 10 ta joy, «Qozirobod» shoxobchasi atrofida 10 ta joy.
4. Mirobod dehqon bozori 14 Bozorga «Avliyoata» koʻchasidan kirish qismida.
5. Navroʻz dehqon bozori 17 «Navroʻz» bozori oldi qismida 10 ta, «Boʻz» shoxobchasi 2 ta, «Yalangʻoch» shoxobchasi 2 ta, «Qorasuv» shoxobchasi 1 ta, «Avayxon» shoxobchasi 2 ta joy.
6. Sergeli dehqon bozori 5 Bozorning asosiy hududida
7. Farhod dehqon bozori 15 Arzonlashtirilgan yarmarkaning orqa tarafi.
8. Eski joʻva dehqon bozori 40 «Katta zina» va metro bekati oraligʻida hamda TIM majmuasi atrofida
9. Yunusobod dehqon bozori 10 Asosiy darvozadan kirishda tashkil qilingan Arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi atrofida
10. Qoraqamish dehqon bozori 2 Tansiqboyev shoxobchasida
11. Qoʻyliq dehqon bozori 10 Bozor hududidagi boʻsh maydonlarda
12. Chilonzor buyum savdo kompleksi 85 Asosiy darvoza oldi va yon taraflarda hamda koʻp qavatli avtoturargohning orqa tomonida
13. Chorsu buyum savdo kompleksi 5 Bozorning asosiy hududida
14. Oʻrikzor savdo kompleksi 34 Bozorning belgilangan hududlarida
Jami: 287 ta