Birinchi va ikkinchi yo‘nalishga balli yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?
Har yili super kontrakt va uning tartibi Qabul komessiyasi tomonidan belgilanadi. Ammo, hozircha joriy oʻquv yili uchun tartib belgilanmagan.
O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat birinchi tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3-ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat birinchiga ruxsat berilgandi.
Shuningdek, agar abituriyent beshala yo’nalishga ham kira olmagan bo’lsa, unda istalgan yo’nalishda super-kontraktda o’qishni tanlashiga ruxsat berilgan.
Joriy yilgi tartib tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.
