Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha talabgorlar imtihon topshiriladigan binolar bilan oldindan tanishishlari mumkin 

Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha talabgorlar imtihon topshiriladigan binolar bilan oldindan tanishishlari mumkin 

Bugun, 14-avgust kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar talabgorlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

 

 

Xabaringiz bor, talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18-19-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

 

Test sinovlari ikki smenada:

 

 

1-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;

2-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

 

 

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan – jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

 

 

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

 

 

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.