«Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi – 2025» tanlovida Osiyo xalqaro universiteti g’olib bo’ldi. @TALIMUZ telegram sahifasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tanlov 20 kun, 21-iyuldan 9-avgustgacha davom etgan bo’lib, tanlov to‘laqonli so‘rovnomaga asoslangan.
Yakuniy natijaga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo’lgan barcha nodavlat oliygohlar ichida keng jamoatchilik fikri asosida eng yaxshisi aniqlandi.
@EDUStatbot so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, Osiyo Xalqaro Universiteti mutlaq g‘olib deb topildi.
Ma’lumot uchun, Osiyo Xalqaro Universiteti 2022-yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan litsenziya asosida bitta kampus bilan faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda universitet Buxoro shahrida 5 ta kampusga, tez orada Xorazm viloyatida ham yangi filial o‘z faoliyatini boshlashi kutilmoqda.
O‘quv jarayonlari bakalavriat, magistratura, ordinatura va doktorantura bosqichlaridagi 90 dan ortiq zamonaviy yo‘nalishlarda olib boriladi. Universitetda talabalar uchun rektor stipendiyasi, xorijda amaliyot o‘tash hamda AQSh qo‘shma dasturi orqali Amerikada tahsil olish imkoniyatlari yaratilgan.
Hozirda Osiyo xalqaro universitetida 20 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Auditoriyalar zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan, yo‘nalishlarga mos laboratoriyalar, mulyaj va fantom xonalari, stomatologiya markazi, farmatsevtik mini-zavod, simulyatsiya markazi va klinik baza mavjud. Bundan tashqari faol ilmiy klublar faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, har bir binoda coworking zonalari tashkil etilgan.
Shuningdek, universitet xorijdagi nufuzli oliygohlar bilan hamkorlik qiladi. Universitetda nafaqat mahalliy, balki xorijlik talabalar ham tahsil oladi
