Joriy yilning 15-mayida Davlatimiz rahbarining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga koʻra, har yili xorijiy oliy taʻlim tashkilotlarida oʻqishga salohiyati mavjud umumtaʻlim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari (1 500 nafargacha) imtihon asosida saralab olinadi.
Bundan asosiy maqsad, ushbu oʻquvchilar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi. Oʻquvchilar 10-11-sinfda oʻqish davomida maxsus platforma orqali qoʻshimcha oʻqishga jalb etiladi.
Shuningdek, oʻquvchilar uchun dunyoning ilgʻor oliy taʻlim tashkilotlari qabul talablaridan kelib chiqib “Renessans” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida qisqa muddatli oʻquvlar tashkil etiladi.
Bulardan asosiy maqsad, tanlab olingan oʻquvchilarni xorijiy oliy taʻlim tashkilotlariga oʻqishga kirishi uchun chuqurlashtirilgan holda tayyorlashdan iboratdir.
