1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilar soni 666 782 nafarga yetdi

1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilar soni 666 782 nafarga yetdi

2025-2026-oʻquv yili uchun maktablarning 1-sinfiga qabul qilingan oʻquvchilarning umumiy soni joriy yil 11-avgustga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 666 782 nafar bola (90 %) qabul qilindi.

 

 

Avvalroq, 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohudud doirasidagi qabul jarayonlari 1-avgustga qadar davom etgan, mikrohududdan tashqari qabul jarayoni joriy yil 1-avgust kuni soat 10:00 dan boshlangandi. Shuningdek, 2-iyulga qadar umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga 470 297 nafar bola (63 %) qabul qilingandi.

 

 

 Eslatib oʻtamiz: mikrohududdan tashqaridagi maktablarga qabul jarayonlari 15-avgustga qadar davom etadi.

 

 

Hududlar kesimida:

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi – 34 110 nafar

 

Andijon viloyati – 61 326 nafar

 

Buxoro viloyati – 33 853 nafar

 

Jizzax viloyati – 29 141 nafar

 

Qashqadaryo viloyati – 69 997 nafar

 

Navoiy viloyati – 18 928 nafar

 

Namangan viloyati – 58 526 nafar

 

Samarqand viloyati – 83 211 nafar

 

Surxondaryo viloyati – 59 086 nafar

 

Sirdaryo viloyati – 15 636 nafar

 

Toshkent viloyati – 52 448 nafar

 

Farg’ona viloyati – 72 514 nafar

 

Xorazm viloyati – 34 929 nafar

 

Toshkent shahri – 43 077 nafar