Xabar qilinganidek, 7-avgust kuni soat 23:59 ga qadar navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish davom etdi.
Kasbiy sertifikatlash nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun murojaat yuborgan talabgorlar toʻlovlarni joriy yilning 8-avgust kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.
Toʻlovlar miqdori:
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi ( 2025-yil 1-avgustdan boshlab 412 ming soʻm);
b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari my.gov.uz – uzportali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm);
Birinchi marta kasbiy sertifikat olish boʻyicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan toʻlov undirilmaydi.
Eslatib oʻtamiz: Kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball toʻplay olmagan (56 dan kam) hamda ishtirok etmagan stajor-oʻqituvchilar ham hujjat topshirishlari mumkin.
