Bugun pedagoglar uchun kasbiy Sertifikatlash sinovlarida qatnashishga ariza yuborishning so‘nggi kuni

Bugun pedagoglar uchun kasbiy Sertifikatlash sinovlarida qatnashishga ariza yuborishning so‘nggi kuni

Xabaringiz bor, 7-iyuldan boshlab navbatdan tashqati kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish boshlangan edi. Murojaatlarni yuborish 2025-yil 7-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

 

 

2025-yil 7-iyuldan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinmoqda.

 

 

Eslatib oʻtamiz: Kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida oʻtkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida yetarli ball toʻplay olmagan (56 dan kam) hamda ishtirok etmagan stajyor-oʻqituvchilar, shuningdek malaka toifasi toʻgʻrisida Sertifikatga ega boʻlmagan oʻqituvchilar ham hujjat topshirishlari mumkin.

 

 

Avvalroq, 2025-yilgi kasbiy sertifikatlash uchun nazorat sinovi topshiriqlari spetsifikatsiyasi e’lon qilingandi.

 

Kasbiy sertifikatlash sinovida ilk bor ishtirok etayotgan talabgordan to‘lov undirilmaydi.