2024-yil 1-fevraldagi O‘RQ-901-son hujjatga ko’ra, pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilish taqiqlanadi.
Ushbu Nizomning 5-moddasiga ko’ra, pedagogni uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarga (saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etishga, test sinovlarida auditoriya nazoratchisi vazifasini bajarish, aholini ro‘yxatga olish ishlarida ko‘maklashishga, ta’lim tashkilotlarini tekshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarida ekspert sifatida ishtirok etishga va boshqalarga) jalb qilish uning roziligiga ko‘ra, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qo‘shimcha haq to‘lash evaziga, ishdan bo‘sh vaqtida yoki ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda amalga oshiriladi.
Pedagogni biron-bir shaklda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash, shuningdek pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Pedagogni biron-bir shaklda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha (41 mln 200 ming so’mdan 61 mln 800 ming so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’lishi mumkin.
