Talabalarning OTM turar joyiga joylashtirilish ketma-ketligi haqida ma’lumot

Talabalarning OTM turar joyiga joylashtirilish ketma-ketligi haqida ma’lumot

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgust kungi 376-son qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabalar turar joyidagi o‘rinlar soni umumiy ro‘yxat bo‘yicha fakultetlar kesimida taqsimlanishi mumkin.

 

 

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

 

 

Umumiy ro‘yxatga kiritiladigan talabalar quyidagi ketma-ketlik asosida talabalar turar joyiga joylashtiriladi:

 

– bitta oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oila farzandlari;

 

– kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar (kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar to‘liq ta’minlanmasdan turib, boshqa ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi);

 

– talaba qizlar (talabalar kontingentidan kelib chiqib oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) ushbu ustuvorlik ulushini belgilaydi);

 

– bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan talabalar (bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan turar joyga ehtiyoji bor talabalar to‘liq talabalar turar joyiga joylashtirilmasdan, ta’limning magistratura va doktorantura bosqichida o‘qiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi);

 

– oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududdan boshqa hududda doimiy yashovchi talabalar;

 

– ariza berilgan sana bo‘yicha navbat asosida.

 

Imtiyozli va umumiy ro‘yxatlar bo‘yicha barcha navbatlar har o‘quv yili yakunidan so‘ng bekor qilinadi hamda avgust oyidan boshlab talabalarning murojaatlari asosida qaytadan shakllantiriladi.

 

Talabalarni oliy ta’lim muassasasi talabalar turar joylariga qabul qilish YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan yo‘llanma asosida ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Talabalarni talabalar turar joyiga yo‘llanmasiz qabul qilish taqiqlanadi.

 

Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanmalar taqdim etilgan o‘quv yili uchun (ya’ni 1 yil davomida) amal qiladi.

 

 

Avvalroq, ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinishi haqida ma’lumot bergan edik.