Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi

Namangan viloyatida maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq fojiali hodisa yuz berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborotiga ko‘ra, 2024-yil 23-iyul kuni 5–6 nafar 15–16 yoshdagi o‘smirlar Namangan tumani Mirishkor mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Shimoliy Farg‘ona kanalida cho‘milishga borgan. Afsuski, ulardan ikki nafari suvdan qaytib chiqmagan.

 

Voqea haqida soat 13:48 da 112 – Yagona dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng, viloyat FVBning maxsus qidiruv va qutqaruv guruhlari tomonidan zudlik bilan suv osti va usti qidiruv ishlari boshlangan.

 

23-iyul kuni yo‘qolgan bolalardan biri To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘lik holda topilgan. Ikkinchi bola esa — 2009-yilda tug‘ilgan — hozirgacha topilmagan. Uni izlash ishlari davom etyapti.

 

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi

 

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi

 

 

Namangan, Chust va Pop tumanlari FVB yong‘in-qutqaruv bo‘limlari, shuningdek, viloyat boshqarma yong‘in-qutqaruv otryadining suv osti guruhlari hodisa joyida ish olib bormoqda.

 

Jasadi topilmagan bolaning otasi tegishli mutasaddilarga murojaat qilib, qidiruvni yengillashtirish maqsadida kanal suv sathini vaqtincha tushirishni so‘ramoqda.

 

Ta’kidlash joizki, shu kabi ochiq suv havzalarida, ayniqsa, cho‘milish uchun ajratilmagan joylarda nazoratsiz cho‘milish holatlari bolalar hayoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Mutasaddilar aholini, xususan, o‘quvchi yoshlarni bu borada ogoh bo‘lishga, ota-onalarni esa farzandlariga nisbatan e’tiborliroq bo‘lishga chaqirmoqda.

 

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi

 

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi