Nega talaba sinf rahbari bo’la olmaydi?

Nega talaba sinf rahbari bo’la olmaydi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27 iyundagi 190-sonli buyrug‘iga ko‘ra sinf rahbarlari o‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.

 

Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:

 

– kamida 3-yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;

 

– maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta’lim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan o‘rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi);

 

– boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan;

 

– o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan.

 

 

Boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o‘qituvchilarga yuklatiladi. Boshlang‘ich sinfga tayinlangan sinf rahbari 1-sinfdan boshlab 4- sinfgacha o‘quvchilarga yagona rahbar hisoblanadi.

 

Mazkur mezonlarga javob bermaganlik uchun talabaga sinf rahbarlik berish mumkin emas.